Redis'dan sessiyada foydalanish uchun O'rnatish bo'limida tavsiflanganidek sozlashdan tashqari, yii\redis\Session sinfi ham sozlashingiz kerak:
return [
//....
'components' => [
// ...
'session' => [
'class' => 'yii\redis\Session',
],
]
];
Agar siz faqat redis sessiyaidan foydalansangiz (ya'ni, ActiveRecord yoki Kesh uchun foydalanmasangiz), sessiya komponentini o'zida ulanish sozlamalarini ham kiritishingiz mumkin (bu holda O'rnatish bo'limidagi sozlashni bajarish shart emas):
return [
//....
'components' => [
// ...
'session' => [
'class' => 'yii\redis\Session',
'redis' => [
'hostname' => 'localhost',
'port' => 6379,
'database' => 0,
],
],
]
];
Boshqa metodlarni ko'rish uchun [[yii\redis\Session]]
sinfiga qarang.